GIZning “O‘zbekiston kasb-hunar taʼlimi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida 14-21 aprel kunlari GOPA tomonidan amalga oshirilayotgan komponentlarning ikkinchi bosqichi bo’yicha Germaniyaga o‘quv safari tashkil etildi.





Safarda loyiha doirasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari, Toshkent va Namangan to‘qimachilik va yengil sanoat institutlari o‘qituvchilari hamda ekspertlari ishtirok etmoqda. 


# # # #

Asosiy maqsad O‘zbekistonda dual oliy ta’limni joriy etishda Germaniyaning ilg‘or tajribasini yanada yaqindan o‘rganish, mamlakatdagi dual ta’lim tizimi bilan tanishish hamda sohadagi mutaxassislar bilan tajriba almashish va loyiha bo’yicha ishtirokchilar ko‘nikmalarni yanada mustahkamlashdan iboratdir.