https://namspi.uz/uploads/57d9312c41d0b6ee2c7c46b011b71e80.jpg
Yig'ilishdan asosiy ko'zlangan maqsad, korrupsion huquqbuzarliklarni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish va talaba - yoshlar orasida korrupsion holatlarni va huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha taklif va topshiriqlarni belgilab olishdan iborat.
Yig'ilishda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Abdurashid Jo'raboyev va fakultet dekan o'rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etishdi.
Shuningdek, yig'ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmanov so'z olib, o'z so'zida shaffoflikni ta’minlash va samarali tizim yaratish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish kerakligini haqida fakultet dekan o'rinbosarlari, tyutorlar va mas'ul bo'lim boshliqlariga kerakli topshiriqlarni berib o'tdi.