https://namspi.uz/uploads/fe452796ed8b8005ca39cda0878cd9a3.jpg
Namangan to‘qimachilik sanoati institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 5-aprel 3/15/-4/1-3105 sonli xatida “Xon atlas haftaligi” sifatida belgilab, haftalik doirasida zarur chora- tadbirlarni amalga oshirish vazifasi berilgan. Institutda talaba-yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.
Milliy liboslarimiz orqali xalqimizning azaliy urf-odatlari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, oʻziga xos xususiyatlarini namoyon etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir barchaga manzur boʻldi.
Barcha fakultetlarning ustozlari va talaba qizlari ham oʻzbek milliy liboslarida tadbirda ishtirok etishdi.
Xon atlas – tabiatning yorqin ranglari jilosi, gullar tasvirini oʻzida mujassam etgan milliy matomizdir.