https://namspi.uz/uploads/4525af995f919bde89231edb9471f7d5.jpg
Bugun Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutining "To‘qimachilik texnologiyasi" fakulteti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida, ikki institut o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida, sportning voleybol, masofaga sakrash, 100 m yugurish, turnik tortinish turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.
Musobaqada yakunda g‘oliblar aniqlanib, navbatdagi bosqich uchun ro‘yxatga olindi.