"Yosh vatanparvarlarni tarbiyalash-faxriylarning muqaddas burchidir" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.





Institutda talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida
Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi ishlari bo‘yicha kengash raisi, iste’fodagi polkovnik Xidirov Xasanjon Inamovich va Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘limi a’zosi podpolkovnik Turg‘unov A’loxon Yusupovich
"Yosh vatanparvarlarni tarbiyalash-faxriylarning muqaddas burchidir" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.


# # # # # #

Muloqotda so‘zga chiqqanlar ushbu tadbirning mohiyati va tarbiyaviy ahamiyati haqida to‘xtaldilar. Faxriylar mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdilar, hayotiy tajribalaridan kelib chiqib yoshlarga taklif va tavsiyalar berdilar.