Institutda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda davra suhbati va ko‘rgazmali chiqishlar tashkil etildi.





Institutda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi, leytenant Abdusalomov Ismoil hamda Hayot faoliyati xavfsizligini o‘qitish markazi o‘qituvchisi Alimov Shavkat Azimovich boshchiligidagi jamoa tomonidan "Fuqaro muhofazasi" kuni mavzusi doirasida talabalar favqulodda holatlarda ishlatiladigan qutqaruv anjomlari bilan tanishtirildi va qo‘llash bo‘yicha tushunchalar berildi. Ular mavzu yuzasidan savollarga javoblar olishdi.


# # # # # # #

Qolaversa, mazkur tadbirda favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududdan fuqarolarni evakuatsiya qilish holatlari ko‘rib chiqildi. Yog‘ingarchilik vaqtida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘t o‘chirish vositalaridan qay tarzda foydalanish kabi o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Tadbir qatnashchilari mavzu yuzasidan savollarga javoblar olishdi.