https://namspi.uz/uploads/ac51c190c4459deba33be1011fe46048.jpg
Bugun Namangan to'qimachilik sanoati institutida “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari doirasida tanishtiruv jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Namangan tumani Taraqqiyot qishlog'i 24-maktabi o‘quvchilari institut hayoti, faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Dastlab, o‘quvchilar dizayn fakultetida bo'lib, sifatli tahsil olish uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. So'ngra to'qimachilik texnologiyasi hamda to'qimachilik mashinalari kechgan sayohat ham ular uchun foydali bo‘ldi.
Suhbat davomida fakultetdagi mavjud kafedralar, yo’nalishlar, dars jarayonlari, imtihon bo’ladigan fanlar majmualari iqtidorli talabalar, stipendiantlar haqida so‘zlab berildi. Institut hayoti bilan yaqindan tanishish oʻquvchi-yoshlarda oʻzgacha taassurot qoldirdi.