https://namspi.uz/uploads/88ab7b4e9ad05965137c2d5962901837.jpg
Namangan to’qimachilik sanoati instituti To’qimachilik dizayni fakulteti birinchi bosqich talabalari fakultet dekani o‘rinbosari K.Sotvoldiyev va tyutor M.Voxidova boshchiligida Davlatobod tumanida joylashgan ''Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani'' kutubxonasi bo‘ylab sayohat qilishdi.
Sayohat davomida kutubxona mas'ullari tomonidan kutubxona faoliyati, undagi mavjud adabiyotlar, yaratilgan shart-sharoitlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari “To’qimachilik dizayni” fakulteti birinchi bosqich talabalarini ''Yangi O‘zbekiston - yoshlar ziyo maskani'' kutubxonasiga a'zo qilish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.