https://namspi.uz/uploads/ffb209f2ae15b1a289e16c702336c460.jpg
Xabaringiz bor, Namangan to'qimachilik sanoati instituti yoshlar ittifoqining tashabbuskor yoshlari tomonidan "Har bir yoshga bir kitob" aksiyasi tashkil etilgan.
Aksiya davomida, talaba yoshlar o'zlari sevib mutolaa qilgan badiiy adabiyotlarini institut axborot-resurs markaziga taqdim etishdi. E'tiborli jihati shundaki, aksiya davomida 70 ga yaqin badiiy hamda ilmiy adabiyotlar bilan axborot-resurs markazi kitoblarga boyitildi.
Bunday aksiyalardan ko'zlangan asosiy maqsadlardan biri, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish va barcha yoshlarni kitobxon yoshlar qatoriga qo'shishdir.