Koʻngilli yoshlar uchun "Har bir yoshga bir kitob" aksiyasiga start beramiz!!!





Namangan to'qimachilik sanoati instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini keng targʼib qilish va koʻngilli yoshlarni bir maqsad yoʻlida birlashtirish maqsadida "Har bir yoshga bir kitob" aksiyasi oʻtkaziladi


#

Aksiya joriy yilning 3-aprel sanasida institut axborot resurs markazi oʻquv zalida soat 10.00 da boʻlib oʻtadi. Aksiyada ishtirok etish shartlari juda oddiy boʻlib, talabalar oʻzlari sevib mutoala qilgan badiiy adabiyotlarni boshqa doʻstlariga ham tavsiya qilish imkoniyatini yaratish maqsadida ARM ga topshirishlari talab etiladi.

Alsiyada ishtirok etish istagida boʻlganlar yoshlar ittifoqi qoshidagi "Kitobxonlik" loyihalari koordinatori, Toʻqimachilik dizayni fakulteti lideri Ruhshona Zayniddinovaga murojaat qilishlari mumkin: