Namangan toʻqimachilik sanoati institutida "Ochiq eshiklar kuni" loyihasi oʻtkazildi





Namangan toʻqimachilik sanoati institutida Davlatobod tumani maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimiga qarashli 84-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun institutda ochiq eshiklar kuni loyihasi tashkil etildi


# # # # # #

Loyiha davomida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi mutaxassisi Zaxroxon Umarova tomonidan institutdagi mavjud taʼlim yoʻnalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, oʻquv jarayonlarni 4+2 va kredit-modul tizimlari asosida tashkil etilishi, dual taʼlim tizimi asosida taʼlim berish jarayonlari, maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy jarayonlar borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil tushunchalar berildi. Uchrashuv davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov tomonidan institutning ichki tartib qoidalari haqida batafsil tushuntirib berdi.

Ayniqsa institutda talabalar uchun axborot resurs markazi, dizayn studiyasi, toʻqimachilik sexi va IT-markazlarda eng soʻngi zamonaviy jihozlar bilan yaratilgan shart-sharoitlar bitiruvchi sinf oʻquvchilarida katta taʼsurot qoldirdi.
Uchrashuv davomida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.