https://namspi.uz/uploads/54713b372d85ccd9cef4d20d65c801d6.jpg
Respublikamizning barcha hududlarida 30-mart "Xalqaro chiqindisiz dunyo" kuni munosabati bilan Oʻzbekiston ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim vazirligi tomonidan "Chiqindisiz dunyo uchun" aksiya tadbirlari oʻtkazilmoqda
Ushbu aksiyada Namangan to'qimachilik sanoati instituti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining 30 ga yaqin a'zolari ham faol ishtirok etishmoqda. Ular To'raqoʻrgʻon tumani chiqindi poligonida boʻlib, atrof-muhitni chiqindilardan tozalab, jonbozlik koʻrsatishdi va ekologiyaning barqarorligini taʼminlashda oʻz hissalarini qoʻshishdi.
Yakunida ploging aksiyasida faol ishtirok etgan talabalar Namangan viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan maxsus esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.