O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 58-sonli buyruq bilan tasdiqlangan “Tizim tashkilotlari, oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish va ularning natijalarini e’lon qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”bilan tanishtirish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi





Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Usmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan 58-sonli buyrug’ bilan tasdiqlangan yo'riqnomaning mazmun mohiyati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tahlil qilish tartibi to'g'risida tushunchalar berib o'tildi.


# # # # # # #

Shuningdek professor o'qituvchilar va bo'lim ma'sul xodimlariga qonun buzilishi, manfaatlar to'qnashuvi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berish tartibi tushuntirildi.

Uchrashuv davomida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.