Namangan to'qimachilik sanoati institutida ilk bor “TIKUV-TRIKOTAJ SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, ISHLAB CHIQARISHDAGI MUAMMO, TAHLIL VA SOHANI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” mavzusiga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy anjuman ishini boshladi





Xabaringiz bor, Namangan to'qimachilik sanoati institutida 27-28-mart kunlari ilk bor o'tkazilayotgan “TIKUV-TRIKOTAJ SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, ISHLAB CHIQARISHDAGI MUAMMO, TAHLIL VA SOHANI RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Mazkur konferensiyada taniqli olimlar, fan arboblari ishtirok etishdi.


# # # # # # # #

Ilmiy-amaliy konferensiyasida innovatsion texnologiyalar, ipakchilik sanoatini rivojlantirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, to‘qimachilik sohalarini integratsiyalash, charm va mo‘yna buyumlari dizaynini yaratish masalalari keng ko'lamda ko'rib chiqildi.