“SAODAT SANOAT SERVIS” MCHJ bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaytirilmoqda





O’quv ishlari bo’yicha prorektor J. Ergashev boshchiligida “Dizayn” kafedra mudiri M.Nazarova “To’qimachilik dizayni” fakulteti dekan muovinlari K.Sotvoldiyev, Sh.Ataxanovlar Namangan shahar Davlatobod tumani Yuksalish kichik sanoat zonasidagi bolalar va ayollar qishki mavsumdagi ustki kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “SAODAT SANOAT SERVIS” MCHJ rahbariyati bilan uchrashdi.


# # # #

Uchrashuvda korxona bilan amaliyotini tashkil qilish yuzasidan hamkorlik aloqalari mustahkamlash, bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlashga ko’maklashish, institutda olingan nazariy bilimlar bilan ishlab chiqarishning amaliy ko’nikmalarini uyg’unlashtirish, ish beruvchi tashkilot hamda talaba–yoshlar o’rtasida o’zaro fikrlar almashinuvi bo’yicha korxonaning yetakchi mutaxassislari, hamda rahbarlari bilan fikrlar almashdi.