https://namspi.uz/uploads/c5a72f817c3a5e4fa9af54c5924b9573.jpg
Xabaringiz bor, bugun “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi v.v.b Mirmuhsin Sultonov Namangan to‘qimachilik sanoati institutida o‘quv jarayonlari va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, tashkil etilgan "Dizayn studiyasi" va talabalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda amaliy san’at turlari bilan tanishib chiqdi.
Shuningdek, institut olimlari tomonidan tadqiq etilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Institutning ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorligini yuqori baholab, ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni yanada kengaytirish zarur ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 5-oktyabrdagi PQ-386 sonli qarorida ko‘zda tutilgan To‘qimachilik texnoparkini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar va muammolar muhokama qilindi. To‘qimachilik texnoparki faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, o‘z vaqtida qaror ijrosini ta’minlash borasida, texnopark binosini qurish uchun tegishli mexanizmlarni amalga oshirish borasida tez kunlarda, aniq va manzilli ishlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Bu borada “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan bajariladigan ishlarni vazifa sifatida belgilab olindi.