“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari davom etmoqda





Yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoygan “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari barchani bir maqsad sari birlashtirdi. Ko‘tarinki kayfiyat va uyushqoqlik bilan bugun ham erta tongdan Namangan to'qimachilik sanoati institutida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga kirishildi.


# # # # # # # # # #

Barcha mehnat jamoasi tomonidan institut hududlari tozalanib, ko‘chayu xiyobonlar tartibga keltirilmoqda. Bahoriy kayfiyat kasb etmoqda. Dov-daraxtlarga ishlov berilib, yangi ko‘chatlar o‘tqazilmoqda hamda yashil bog‘ va gulzorlar yaratilmoqda.

Mehr-oqibat, ahillik va poklikka yo‘g‘rilgan ushbu ezgu ish ko‘ngillarni ham obod etmoqda.