https://namspi.uz/uploads/311aeac9bc64fbcda2f62c0862eb2ec6.jpg
Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Yashil makon" dasturi doirasida bahor mavsumida belgilangan rejaga asosan manzarali daraxt, buta va gul ko‘chatlari ekish jarayonlari avj pallada davom etmoqda. Bugungi kunda institutning barcha hududlarida dastur doirasida manzarali daraxtlarni va gul ko‘chatlarini ekish ishlari olib borilmoqda.
Bugun “Obod va fayzli mahalla -yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari davomida ham institutda yana 150 tup sasna daraxti ko‘chatlari ekildi. Jarayonlar davom etmoqda.