“Obod va fayzli mahalla -yurt ko‘rki” shiori oatidagi Umumxalq xayriya hasharining ikkinchi kuni ham institutda hamjihatlikda o‘tkazilmoqda





Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.

 


# # # # # # # # # #

Shu munosabat bilan Namangan to'qimachilik sanoati institutida ham “Obod va fayzli mahalla -yurt ko‘rki” shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Erta tongdan ahil jamoa a'zolari a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashishmoqda.

Umumxalq xayriya hashari institut bo'ylab davom etmoqda.