Namangan to’qimachilik sanoati instituti vakillari Turkiyaning yaqin sharq texnika universitetiga tashrif buyurishdi





Namangan to’qimachilik sanoati instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Zokirjon Erkinov va professor Nurullo Sumro Turkiyaning yaqin sharq texnika universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida Institut vakillari universitet prezidenti maslahatchisi va Erasmus+ bo’yicha xalqaro koordinator Professor Mecit Halil Öztop va Professor Gaye Teksoz uchrashib, ikki OTMlar o’rtasidagi hamkorlik yo’nalishlarini muhokama qildilar.

 


# # # #

Ma’lumot uchun: Yaqin Sharq Texnika Universiteti QS-dunyo universitetlari ro’yxatida 336-o’rinda turuvchi Turkiyani yetakchi universiteti hisoblanadi. Hozirgi kunda universitetda 5 ta fakultetda 41 ta bakalavriat dasturi ega bo’lib, 105 ta magistratura va 70 ta doktoranturaga ega 5 ta oliy oʻquv yurti hamda ingliz tiliga tayyorgarlik boʻlimini oʻz ichiga olgan “Chet tillar maktabi” mavjud.

Tashrif davomida tomonlar xalqaro ta’lim loyihalari doirasida o’zaro hamkorlik qilish, talabalar, ilmiy izlanuvchilar va professor-o’qituvchilar almashuvini yo’lga qo’yish va xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish kabi yo’nalishlarda hamkorlik qilishga kelishdilar.