https://namspi.uz/uploads/313d7c4f63337cff7363d76f02262e2a.jpg
Namangan to’qimachilik sanoati instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Zokirjon Erkinov va professor Nurullo Sumro ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlikning yo’lga qo’yish maqsadida Turkiyaning Anqara shahridagi Gazi universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida vakillarimi Universitet prorektori Professor Dr. Ramazan Bayindir, Rektor maslahatchisi Professor Dr. Halil Ibrahim Bulbul, Xalqaro bo’lim xodimlari Kubra Deniz va Aslihan Selcen Bingöl bilan uchrashuv ikki ta’lim muassasasi va o’quv jarayonlari haqida fikr almashdilar.
Ma’lumot uchun: Gazi universiteti The Academic Ranking of World Universities (ARWU) reytingida 901-950-o’rinda turuvchi universitet bo’lib, uning tarkibida 11 fakultet, 1 maktab, 3 kasb-hunar maktabi, 5 aspirantura va 30 dan ortiq tadqiqot markazlari mavjud bo'lib, ta'lim, tibbiyot, stomatologiya, tibbiyot fanlari, fanlar, muhandislik, arxitektura, texnologiya, sport fanlari va amaliy sohalarda kadrlar tayyorlanadi.
Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro loyihalarda birga ishlash va ilmiy taqdqilotlarda hamkorlik qilishni kelish, talabar va professor-o’qituvchilar almashuvini yo’lga qo’yish kabi hamkorlik yo’nalishlari muhokama qilindi.