https://namspi.uz/uploads/b9e96adcbca8441d5dd852fabc217a5e.jpg
Bugun Namangan shahridagi "Axsikent" mehmonxonasida Germaniyaning "Giz" hamda "Gopa" xalqaro loyihalari doirasida "O'zbekistonda to'qimachilik sohasi uchun ikkita yangi professional standart asosida dual bakalavriat kurslarini ishlab chiqish" mavzusidagi xalqaro seminar o'z ishini boshladi. Unda Namangan to'qimachilik sanoati instituti, Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti, viloyatdagi to'qimachilik ishlab chiqarish korxonalari vakillari hamda mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.
Mazkur seminarning ochilish marosimida Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori professor Qurbanali Xoliqov so'zga chiqib, bugungi kunda to'qimachilik sohasida kadrlar tayyorlashda dual ta'lim tizimining ahamiyati har tomondan ortib borayotgani va bu tizim Namangan to'qimachilik sanoati institutida samarali natijalar ko'rsatayotgani xususidagi fikrlarini bildirdi.
Eslatib o'tamiz, mazkru xalqaro seminar 15-mart sanasiga qadar davom etishi rejalashtirilgan.