Turkiyaning Ege universiteti bilan hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlar belgilandi





Namangan to'qimachilik sanoati institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zokirjon Erkinov Turkiyaning Ege universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida prorektor, prof. Ilkin Shengun xonim bilan uchrashdi.


# # # # # #

Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda hamkorlikni kengaytirish, yangi yo‘nalishlarda faoliyat olib borish kabi masalalarga kelishuv bilan yakunlandi. Halqaro aloqalar bo‘limi xodimi, loyihalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Pinar xonim yo‘ldoshligida to‘qimachilik muhandisligi fakulteti dekani, Teri muhandisligi va To‘qimachilik muhandisligi fakulteti dekani, kafedra mudirlari va professor-o'qituvchilar bilan aniq hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, talabalar almashinuvi, to‘qimachilik va charm texnologiyasi talabalarini amaliyotini, magistrantlar stajirovkasini universitetda tashkil etish, hamkorlikda ilmiy loyihalar bajarish, yangi bo‘yoq-pardozlash yo‘nalishi o‘quv me'yoriy va uslubiy ishlarini ishlab chiqish hamda joriy etish, doktorantlarga rahbarlik qilish kabi kelishuvlarga erishildi.