TURKMANISTON ELCHISI BILAN OLIY TA’LIM SOHASIDAGI IKKI HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI





Turkmaniston elchisi bilan oliy ta’lim sohasidagi ikki hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Turkmanistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Shodurdi Meredov bilan uchrashdi.

Tomonlar oliy ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, qo‘shma tadbirlar o‘tkazish, O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida turkmanistonlik talabalar sonini ko‘paytirish kabi masalalarni muhokama qildi.

 


# # # # #

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekistondagi ikkita oliy o‘quv yurtida ta’lim turkman tilida olib boriladigan maktablar uchun kadrlar tayyorlanmoqda. Bular Qoraqalpoq davlat universiteti va Nukus davlat pedagogika institutidir. Ushbu universitetlarda 160 dan ortiq turkman millatiga mansub o‘zbekistonlik o‘z ona turkman tilida tahsil olish imkoniyatiga ega.

Uchrashuvda shuningdek, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va S.Niyozov nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini (2+2) yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklif etildi hamda Markaziy Osiyoda oliy ta’lim sohasida mintaqaviy hamkorlik doirasidagi yangi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.

 

https://edu.uz/uz/news/view/6554#gsc.tab=0