Namangan to'qimachilik sanoati instituti Italiyaning Milan politexnika universiteti bilan hamkorlik qiladi





Italiyaning Milan politexnika universiteti dunyodagi yirik va yuqori reytingli universitetlardan biri bo‘lib, bugungi kunda faqatgina Dizayn yo‘nalishida mahalliy va turli davlatlardan kelgan 4000 ga yaqin talabalardan iqtidorli dizaynerlarni tayyorlab bermoqda.


# # # # #

Namangan to'qimachilik sanoati institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Zokirjon Erkinov mazkur universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha rektori Mauro Filipini, Dizayn maktabi xalqaro koordinatori Anne Shoonbrod xonim va Dizayn fakulteti professorlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida xalqaro tadbirlarda hamkorlik qilish, o‘quv jarayonida professor-o'qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish kabi muxim masalalar muhokama qilindi.

Muloqotlar davomida universitet vakillari Namanganda o‘tkaziladigan Gullar festivali va uning doirasida institutda o‘tkaziladigan xalqaro anjumanga taklif etilganidan mamnunliklarini hamda ishtirok etishlarini bildirdilar.