NamTSI Germaniyaning Reutlingen universiteti bilan to‘qimachilikning yigiruv, to‘quv, trikotaj ishlab chiqarish va bo‘yash pardozlash yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi





Namangan to’qimachilik sanoati institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Zokirjon Erkinov Germaniyaning Reutlingen universitetiga tashrif buyurib, universitetining bugungi kundagi faoliyati, talabalarga yaratilgan sharoitlari va ilmiy hayoti bilan yaqindan tanishdi. O'zaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha muzokaralar o'tkazilib, kelishuvlarga erishildi. Unga ko'ra. Namangan to'qimachilik sanoati instituti Germaniyaning Reutlingen universiteti bilan to‘qimachilikning yigiruv, to‘quv, trikotaj ishlab chiqarish va bo‘yash pardozlash yo‘nalishlarida hamkorlik qiladigan bo'ldi.


# # # # #

Universitet to‘qimachilik va uning kimyosi bo‘yicha Germaniyaning yetakchi oliy ta'lim tashkiloti hisoblanadi. Talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotda hamkorlik doirasida doktorantlarga ilmiy maslahatchilar tayinlash orqali ilmiy ishlar samaradorligini oshirishga hamda horijda himoyalarni amalga oshiriladi. O‘quv jarayonida dual ta’limni takomillashtirish va yangi ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma dastur doirasida ishlar olib boriladi.