https://namspi.uz/uploads/d6e9a5529a27756f810b5d028461881e.jpg
Unda Namangan to'qimachilik sanoati institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Zokirjon Erkinov ham ishtirok etdi. Ushbu maktab yoshlarni kasbga qiziqtirish, yangi biznesni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi yo'nalishlarda faoliyat olib boradi. Shuningdek, ushbu maktab dunyoda yetakchi trikotaj mashinalari ishlab chiqaruvchisi Mayer&Cie kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda.
Uchrashuv davomida hamkorlikda trikotaj ishlab chiqarishda yetakchi kadrlar tayyorlash uchun amaliyotlarni tashkil etish, professor-o‘qituvchilar uchun master klasslar o‘tkazish va ilmiy laboratoriya tashkil etish borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Institut moddiy texnik bazasini, xususan, to‘qimachilik texnoparkini zamonaviy trikotaj mashinalari bilan ta’minlashda hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Institutimiz prorektorining Germaniya davlatidagi xizmat safari davom etmoqda.