Namangan to’qimachilik sanoati institutida ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi kengaymoqda





4+2 dasturi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimi asosida yaratilgan klasterli yondashuvlarga asoslangan bo'lib, har bir ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mutaxassislik fanlaridan amaliy mashg‘ulotlar to‘liq tanlangan ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar va muassasalar bazasida o‘tkazilmoqda.


# # # # #

O'quv mashg‘ulotlari (ma’ruzalar, o‘quv laboratoriyalari) 4 kun institut auditoriyalarida, amaliy mashg‘ulotlar haftaning 2 kuni davomida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bazasida o‘tkazilmoqda.Bugungi kunda o‘quv jarayonini yuqori darajada va sifatli tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar bazasida mutaxassislik kafedralarining filiallari tashkil etilgan. Bu boradagi ishlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan institutning o'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i Saydullo Isaqov kuni kecha o'tkazilgan Kengash yig'ilishida Kengash a'zolariga axborot berdi.