Institutda o'tkazilgan so'rovnoma natijalari institut Kengashida tahlil qilindi





O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200 sonli farmoniga asosan qabul qilingan davlat dasturining 19-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Namangan to'qimachilik sanoati institutida Korrupsiyaga qarshi kurash va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi tomonidan talabalar ishtirokida sotsiologik so'rovnoma o'tkazilgan edi.


# # # # #

Mazkur so'rovnomalar yakuni va tahlili kuni kecha institutda o'tkazilgan Kengash yig'lishida muhokama qilindi. So'rovnoma yakunlari bo'yicha Korrupsiyaga qarshi kurash va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi Abdullajon Usmonov Kengash a'zolariga axborot berdi