https://namspi.uz/uploads/a3bb5f7690cc609ee11c7e39c38ed112.jpg
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida ham bo‘lib, filialdagi Axborot-resurs markazi, IT park, talabalar taʼlim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Mavjud adabiyotlar, chet elda amaliyot oʻtash jarayonlarining tashkil etilgani, oʻquv binolari va auditoriyalar holatiga alohida eʼtibor qaratildi.
Vazir “Stomatologiya” fakulteti talabalari bilan uchrashib, ularning amaliyot oʻtashlari uchun yaratilgan sharoitlar borasidagi fikrlari bilan qiziqdi. Shuningdek, talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinini tomosha qilib, talabalar teatr studiyasining iqtidorli yoshlari bilan samimiy suhbat qildi.
Manba: https://edu.uz/uz/news/view/6508#gsc.tab=0Axborot xizmatic