Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Sumalak sayli"





Har yili bahor fasli kelishi bilan yurtimizda Navro‘zi ayyomi taomi hisoblanuvchi sumalak tayyorlanadi. Bu taom xalqimiz urf-odati, hayoti va an’anasiga aylangan tarixiy taomlardan sanaladi. Bugun Namangan to'qimachilik sanoati institutida o'rnatilgan doshqozonda sumalak qaynatilmoqda. Dastlab, institut rektori boshchiligidagi bir guruh faxriy ustozlar duoga qo'l ochib, institut faoliyatiga rivoj tiladilar.

 


# # # # # # # #

Sumalak atrofida institut xodimlari va talaba-yoshlar xizmatda bo‘ldi. Sumalak pishirish asnosida milliy qadriyat va marosimlar, jumladan, sumalak tayyorlashning o‘zi qat’iy an’analar asosida ma’lum tartib qoidalariga amal qilingan holda bajarilishi yoshlarga uqtirildi.

Sumalak sayli – Navro‘z bayramining uzviy bir qismi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan tadbir. Sumalak pishirish shunchaki bir taom pishirish emas, yoshu keksa yig‘ilib bir kechayu, bir kunduz davomida katta gulxan yoqib, o‘yin – kulgu qilish, turli qo‘shiqlarni aytish, xalq o‘yinlarini o‘ynash demakdir.

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari