Namangan to'qimachilik sanoati institutidagi "Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi" ilmiy loyihalarni yaratishda muhim poydevorga aylanadi





Xabaringiz bor, Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi" faoliyati yo'lga yo'lga qo'yilgan va ushbu markazdagi loyihalar ko'lamini kengaytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Bugun institut rektori Qurbanali Xoliqov To'qimachilik mashinalari fakultetida professor-o'qituvchilar bilan uchrashdi. Muloqot davomida markaz faoliyatini kengaytirish, xalqaro tajribalardan samarali foydalanish masalalari faol muhokama qilindi.

 


# # # # # # # #

Ma'lumot uchun, “Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazi” bugungi kunda reja asosida faoliyat olib bormoqda. Markazda ishlanmalarning taqdimotlari yaratiladi. Ularni amaliyotga tatbiq qilish bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Loyihalarni moliyalashtirish va tijoratlashtirishga har tomonlama ko'mak beriladi.

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari