Namangan to'qimachilik sanoati institutida "Ilg'or to'qimachilik maktabi" faoliyati yangi bosqichga ko'tariladi





Bugun Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori Qurbanali Xoliqov institutning To'qimachilik texnologiyasi fakultetida bo'lib, boy tajriba va malakaga ega ustozlar bilan muloqot qildi. Unda ish faoliyati samaradorligini oshirish, fakultetda ustoz-shogird an'analari asosida kadrlar tayyorlash tizimini faollashtirish hamda institut qoshida tashkil etilgan "Ilg'or to'qimachilik maktabi" faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim masalalar muhokama qilindi.

 


# # # # # # # #

Shundan so'ng, rektor fakultetdagi mavjud kafedralarning laboratoriya markazlaridagi jixozlar va olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdi.

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari