https://namspi.uz/uploads/a31d2daabdf8f9fcdaac70174908af48.jpg
Bugun Namangan to’qimachilik sanoati institutida “Zoom” platformasi orqali Eronning Amirkabir universiteti rahbariyati bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda institut rektori boshchligidagi vakillarimiz ishtirok etishdi. Onlayn uchrashuvda oliy ta’lim muassasalari oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashivuni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar kun tartibining asosi sifatida muhokama qilindi.
Shuningdek, joriy yilning iyun oyi boshida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan toʻqimachilik sohasiga bagʻishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya boʻyicha tomonlar oʻz taklif va tashabbuslarni ma’lum qildilar. Xususan, ushbu konferensiyaga yurtimizdagi va xorijdagi toʻqimachilik sanoatiga uxtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish korxonalari taklif etilishi rejalashtirilga boʻlib, konferensiya doirasida ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish, undagi mavjud muammolar bartaraf etish boʻyish ilmiy izlanishlar va tashabbuslar oʻrganiladi.
Ma’lumot uchun, Amirkabir universiteti QS World University Rankings tomonidan muhandislik va texnologiya yo’nalishlari boʻyicha dunyoda 301–350-oʻrinlarda baholangan.
🌐NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari