Institut rektori xalqaro "Giz partner" loyihasi vakillari bilan muloqot qildi





Bugun Namangan to'qimachilik sanoati instituti rektori Qurbanali Xoliqov O'zbekiston kasb-hunar ta'lim tizimida islohot va modernizatsiya jarayonini qo'llab quvvatlash dasturi, xalqaro "Giz partner" loyihasi treneri Germaniyalik ekspert Rene Pape bilan muloqotda bo'ldi.

 


# # # # # # # # #

Unda kasb-hunar ta'limi va o'quv tizimining ehtiyojlarga yo'naltirilishini yaxshilash uchun davlat, biznes va ta'limning tegishli subyektlari o'rtasidagi hamkorlikni faollashtirish, o'qitish uchun yangi me'yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda siyosat vakillari, ta'lim sektori va ish beruvchilar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda Dual ta'limga qo'shma yondashuvlarni amalga oshirishda ta'lim va biznes vakillarining instittutsional hamhorligini kengaytirish masalalari bo'yicha fikrlar almashildi.

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari