https://namspi.uz/uploads/2a53efc56244da429949a46f377d11a6.jpg
Bugun Namangan to'qimachilik sanoati institutida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida "Zakovat" intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Intellektual musobaqani institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi A.Usmonov ochib bergan holda musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad va vazifalar haqida ma'lumotlarni aytib o'tdi.
Murosasiz va yuqori atmosferaga boy tarzda o'tgan o'yinning yakuniy natijalariga ko'ra To'qimachilik mashinalari fakultetining "Reunion" jamoasi 1-o'rin, Yoshlar kengashi "Koordinatorlar" jamoasi 2-o'rin, To'qimachilik texnologiyasi fakulteti "Ice berk" jamoasi 3-o'rin natijani qayd etishdi.
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI