https://namspi.uz/uploads/8556710c68e62e76e7836a044a8f1f50.jpg
Tadbirda institut rektori, Davlatobod tumani prokurorining birinchi o'rinbosari, Davlatbod tumani IIB birinchi o'rinbosari, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komlaens nazorat tizimini boshqarish bo'limi bosh mutaxassisi, institut talaba-yoshlari, tyutorlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so'z olganlar mamlakatimizda yoshlar ta’lim-tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, hukumatimiz tomonidan kо‘rsatilayotgan g‘amxо‘rliklar tо‘g‘risida sо‘zlar ekan, bu ishlardan asosiy maqsad, yoshlarimizning turli aqidaparastlar tо‘riga ilinib qolmasligi, ular о‘rtasida “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik va og‘ufurushlikka berilishlarning oldini olish hamda farzandlarimiz qalbini turli mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish ekanligini ta’kidlab о‘tdilar.
Bunday turli xil illatlardan yoshlarimizni himoya qilish uchun, avvalo, ularning mafkuraviy immunitetini rivojlantirish kerakligi tо‘g‘risida gapirib, oliy ta’lim muassasalarida bunday profilaktik tadbirlarni о‘tkazishdan kо‘zlangan maqsad, talaba-yoshlarni tо‘g‘ri yо‘ldan ozdirishga harakat qilayotgan turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, zarur vaqtda ana shunday kuchlarga qarshi ma’rifat ilmi bilan kurashish kerakligini tushuntirishdan iborat ekanligi haqida taʼkidlandi.
NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari