Institutda "Eng mazali salat" mavzusida pazandalik tanlovi o'tkazildi





Namangan to'qimachilik sanoati institutida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug'i 39-bandiga asosan
"Eng mazali salat" mavzusida pazandalik tanlovi o'tkazildi.

 


# # # # # # #

Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Zaxroxon Umarova, Dizayn kafedrasi mudiri Matluba Nazarova, tyutor Mohigul Vohidovalar boshchiligida tanlov yuqori saviyada tashkil etildi.

Tanlov yakuniy natijalariga ko'ra: Dizayn ta’lim yo‘nalishi talaba-qizlari Karimbayeva Diyoraga 1-o‘rin, Vohidjonova Mohlaroyimga
2-o‘rin, Zayniddinova Ruxshonaga 3-o‘rin nasib etdi. Bu kabi tanlovlarni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad talaba-qizlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, pazandalik borasidagi tajribalarini yanada oshirishdan iborat.

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI