https://namspi.uz/uploads/393ba0db9db705687dec9fb153eb052a.jpg
Namangan to'qimachilik sanoati instituti talabalari uchun 400 o'rinli talabalar turar joyi quriladi
Bugun Namangan viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Gʻofirjon Djamalov Namangan to'qimachilik sanoati institutiga tashrif buyurib "Muxammad-Maxmud Elegant MCHJ" tomonidan institut talabalari uchun 400 o'ringa mo'ljallangan zamonaviy talabalar turar joyini qurish loyihasining taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimot davomida quruvchi tashkilot rahbarlariga, binoni qurish jarayonida talabalar uchun qulayliklarni ko'paytirish, xonalarni keng va yorug' bo'lishini ta'minlash bo'yicha tavsiyalar berildi. Ma'lumot uchun tez kunda institut talabalari uchun barpo etilajak talabalar turar joyini qurish ishlari start oladi.
NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari