Germaniya delegatsiyasi vakillari Namangan to'qimachilik sanoati institutidagi 4+2 ta'lim dasturi doirasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi





Ayni kunlarda Namangan to'qimachilik sanoati institutida o'quv jarayonlari dual ta'lim tizimi va 4+2 dasturi asosida tashkil etilmoqda. Ya'ni, talabalar haftaning 4 o'qish kunida nazariy bilimlarni olsalar, ikki kun davomida olingan bilimlar bevosita amaliyotda mustahkamlanadi. Bu orqali esa ta'lim sifatini oshirish bilan bir qatorda talabalarning kasbiy ko'nikmalarini shakllantirishga erishilmoqda. Mazkur yo'nalishdagi ishlar esa Germaniyaning Albstadt-Sigmaringen universiteti vakillarini katta qiziqishiga sabab bo'ldi.

 


# # # # # # #

Mehmonlar viloyatning yetakchi ishlab chiqarish korxonalaridan biri bo'lgan “Fazman Tekstil” MCHJda bo'lib, ishlab chiqarishdagi jarayonlarni ko'zdan kechirdilar. O'rganishlar davomida 4+2 tizimini takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish va o'qitish metodikasini optimallashtirish bo'yicha fikr va mulohazalar ilgari surildi.

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari