Viloyat hokimi o‘rinbosari Namangan to'qimachilik sanoati institutida bo'ldi





Bugun Namangan viloyati hokimining o'rinbosari Botirjon Nuriddinov Namangan to'qimachilik sanoati institutida bo'lib, institutdagi jarayonlar, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar, o‘quv-autidoriyalarining xolati va talabalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hamda amaliy san'at namunalari bilan yaqindan tanishdi.

 


# # # # # # # # # #

Shuningdek, institut vakillari tomonidan joriy yilda bo'lib o'tadigan 63-Xalqaro gullar festivali doirasidagi loyihalarni jumladan, "Milliy liboslar" haftaligini yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha taqdimot o'tkazildi. Taqdimot davomida hokim o'rinbosariga institut vakillari tomonidan yaratilgan bayram liboslari, sovg'alar uchun mo'ljallangan eko sumkalar, gullar festivali logotiplari tushirilgan futbolka hamda kepkalar va yana boshqa bir qator mahsulotlar ko'rsatildi.

Shundan so'ng Botirjon Nuriddinov institut ustaxonasida tayyorlanayotgan tasviriy va amaliy san'at asarlari, talabalar ishlab chiqarayotgan mahsulotar shourimi hamda o'quv-ilmiy laboratoriya markazlarini ham ko'zdan kechirdi.

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari