NamTSIda Magistrlar bilan uchrashuv o'tkazildi





Bugun Namangan to'qimachilik sanoati institutida magistratura bosqichida ta'lim olayotgan yosh izlanuvchilar bilan uchrashuv o'tkazildi. Unda institut rektori Qurbanali Xoliqov va Magistratura bo'limi boshlig'i Sherzod Qoraboyevlar ishtirok etishdi.

Muloqot davomida rektor bugungi kunda institutda magistrlarga yaratilgan sharoitlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari ishlab chiqarish tarmoqlaridagi muammolarga ilmiy yechim sifatida xizmat qilayotganini hamda ularning bugungi kunda o'z mutaxassisliklari bo'yicha to'qimachilik ishlab chiqarish korxonlaridagi eng ilg'or mutaxassis sifatida faoliyat olib borayotganini takidladi.

 


# # # # #

Davra suhbati davomida Magistrlarga ilmiy izlanishlarni yangi bosqichga olib chiqish, PhD ilmiy darajasini qo'lga kiritish uchun xozirdanoq harakatlarni kuchaytirish, buning uchun ilmiy maqolalar va tezishlarni nashr qilish jarayonlarini tezlashtirish hamda xorijiy tillarni mukammal o'rganishdagi faollikni oshirish borasida kerakli tavsiya va ko'nikmalar berildi.

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari