https://namspi.uz/uploads/2301d1656d7617c87e5f3a4c7663ddb3.jpg
6-fevral kuni Toshkent shahrida TexVET loyihasi doirasida taʼlim dasturlarini yaratuvchi mutaxassislar uchun “ Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati uchun ikkita yangi kasbiy standart asosida dual oliy taʼlim kurslarini rivojlantirish” mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.
Uch kun davom etgan seminarda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi vakillari, Toshkent va Namangan toʻqimachilik va yengil sanoat institutlari oʻqituvchilari, loyiha ekspertlari ishtirok etdi.
Seminarda oliy taʼlimda toʻqimachilik sanoati uchun ikkita yangi kasbiy standart asosida dual oliy taʼlim kurslarini rivojlantirish boʻyicha maʼlumotlar tinglandi hamda fikr-mulohazalar almashildi
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI