https://namspi.uz/uploads/587d0f613afe333222d87bb5403c5df0.jpg
Bugun Toshkent shahri Hyatt Regensy Hotel mehmonxonasida Germaniyaning 7 ta yetakchi toʻqimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchilari boʻlgan Andritz, Benninger, Brüskner, PPT Group, Schmale, Thies va Xetma kompaniya hamda Oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirokida Oʻzbekistonda ilk marta “Textile Technology Days: Finishing, Laboratory, Seving” simpoziumi oʻtkazilmoqda
Simpoziumda Namangan toʻqimachilik sanoati instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Z.Erkinov, Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi A.Toʻraboyev, Toʻqimachilik texnologiyalari fakulteti dekani J.Yuldashev hamda Trikotaj texnologiyasi kafedrasi mudiri N.Karimovlar ishtirok etmoqda. Unda Germaniyaning Bruetskner, Thies va Xetma hamda "Textima Export Import" kampaniya vakillari ishtirok etib, Germaniya toʻqimachilik tashkilotlari ishtirokida Oʻzbekistonda toʻqimachilik uskunalari texnologlarini, boʻyash va pardozlash mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni tayyorlash hamda laboratoriyalar olish yuzasidan kelishuvlar amalga oshirildi
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI