https://namspi.uz/uploads/98528d6f435f55fddf7abdf6325ca0a7.jpg
Unda 5-fevral kuni Davlatimiz rahbari tomonidan o’tkazilgan 2024-yilda ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ilgari sururilgan tashabbuslar, ustuvor vazifalar va topshiriqlarning dolzarbligini va uning moxiyati jamoa a'zolariga yetkazildi.
Unda: bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40 foizga qisqartirish, ushbu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini TOP-300 ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash, 116 ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash, “El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident Administratsiyasi huzuriga o‘tkazilishi va xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim joriy etish, har bir oliygoh, texnikum va kollejda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etish kabi topshiriqlarni ijrosidan kelib chiqib, o’quv va fan dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim sifatini oshirish, ish beruvchilarning talab va istaklaridan kelib chiqib kadrlar tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Shuningdek, institutda yoshlar bilan ishlash, o'quv, ilmiy-innovatsion yo'nalishlardagi ishlar samaradorligini oshirish borasida mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI