https://namspi.uz/uploads/fa6551f96cf0a37b925454b2c90ec74d.jpg
Yigʻilishda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor J.S.Ergashev tomonidan institutda oʻquv jarayoni tashkil etilganligi, professor-oʻqituvchilarning Hemis dasturidan foydalanish koʻnikmalarini oʻrganish va tahlil qilish yuzasidan tanqidiy maʼlumotlar berildi.
Yangi tashkil etilgan Namangan toʻqimachilik sanoati instituti bugungi kunda 60 dan ortiq korxona va tashkilotlar bilan hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, ulardan 18 ta korxonada "4+2" dasturi asosida talabalarni mutaxassislik fanlari doirasida 6 ta mutaxassislik kafedralarining filiallari tashkil etilgan hamda laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar korxona ishlab chiqarish jarayonlariga uygʻun xolda oʻtkazib kelinmoqda. Shuningdek, Oʻquv jarayoni jadvaliga asosan hozirda 2-3-kurs talabalarning malakaviy amaliyot jarayonlarini boshlagan boʻlib, ularni amaliyot oʻtish jarayonlari, amaliyotning muvofiqligi, ishlab chiqarishdagi talabalarning amaliyotdagi ishtiroklarini muhokamadan oʻtkazildi.
✍️ Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI