Ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarda mavjud muammolari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi





Kuni kecha institut Korrupsiyaga qarshi kurashish va “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi A.Usmonov hamda Ijara xonadonlarini taʼminlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi boʻlim bosh mutaxassisi A.Qurbonov boshchiligida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-sonli qarorida koʻrsatib oʻtilgan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan yigʻilish oʻtkazildi

 


# # # # # # #

Yigʻilishda ijara xonadonlar boʻyicha ijara shartnomalarini tuzish va kerakli hujjatlarni tayyorlash borasida atroflicha tushuntirishlar berilib, soʻngida esa talabalar bilan ijara masalalar yuzasidan savol-javoblar amalga oshirildi.

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI