ILMIY ISHLAR VA INNOVATSIYALARI BO'YICHA PROREKTOR





ERKINOV ZOKIRJON ERKINBOY O‘G‘LI
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor

Qabul vaqti: Seshanba, Chorshanba va Juma kunlari

soat 14:00 dan 17:00 gacha

Telefon: +998 91 186 16 44
E-pochta: 
zokirshoh_77@mail.ru, zokirshoh77@gmail.com

VAZIFALARI

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy ishlarni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy jarayonlarga oid masalalar bo‘yicha institut ilmiy kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha takliflar tayyorlash va ishlarni tashkil etish;
  • Ilmiy tadqiqotchilik jarayonini ta’minlaydigan bo‘limlar, dekanatlar, ilmiy laboratoriyalar, ilmiy jamoalar ishlarini muvofiqlashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;
  • Bo‘limlar, fakultet va kafedralar, ilmiy laboratoriyalarning ilmiy tadqiqot sohasi bo‘yicha ish rejalarini tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • Ilmiy tadqiqot ishlarining sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari bajarilishini nazorat qilish va ta’minlash;
  • O‘quv va ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, institut ilmiy-texnik kengashi ishlariga rahbarlik qilish, ilg‘or ilmiy va uslubiy tajribalarni umumlashtirish;
  • Ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini institut xodimlari t omonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda institutning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • Professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqot ishlariga yordamlashuvchi xodimlar shtatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, kafedralar, bo‘limlar va ilmiy laboratoriyalarni malakali kadrlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil etish; 
  • Bo‘sh lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilish, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlarni ishga olib qolish bo‘yicha takliflar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yaxshilash rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish;
  • Ilmiy laboratoriyalaridan unumli foydalanish, laboratoriyalarni texnik jihozlashni takomillashtirish masalalarini ishlab chiqish;
  • Ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko‘rish, ular bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Ilmiy tadqiqot va ta’lim mazmunini takomillashtirish, mutaxassis-kadrlarni xalqaro talablar asosida tayyorlashni ta’minlash maqsadida xorij mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari va turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
  • Kafedralar, fakultet va bo‘limlarning yillik faoliyati hisobotlarini o‘tkazish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini zamonaviy usullarda baholashni amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy yo‘nalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;
  • O‘rnatilgan tartibda institutning yillik reytingini aniqlash, tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshirish;

Institutni o‘rnatilgan tartibda doimiy ichki attestatsiyadan o‘tkazish, tashqi attestatsiyaga tayyorlash va o‘tkazishda faol ishtirok etish.