Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshligi





Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti:

Har kuni, 9:00-17:00

Telefon:

Faks:

E-Mail:

Aloqa:

Bo'lim vazifalari

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasiningqarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’atqarorlari, buyruqlariga va bo‘lim o‘zining Nizomiga muvofiq amalga oshiradi. Institutda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning hayotga tatbiq etilishini amalga oshirish, shuningdek, fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, Hay’at va institut Kengash qarorlari, vazirlik va institut bo‘yicha chiqarilgan buyruqlar va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazoratqiladi.

Monitoring va ichki nazorat bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tashkilotlar qaror va farmoyishlarini, Vazirlik va Hay’at qarori, buyruq, yo‘riqnoma, xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, institut Kengash qarorlari va buyruqlari ijrosining nazoratini ta’minlash hamda ularnig monitoringini olib borish;
  • kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo‘lgan talab va mehnat bozorini rivojlantirish, institut moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish;
  • professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarning malakasini oshirish vaqayta tayyorlash sifatining nazoratini tashkil etib borish;
  • Namangan muhandislik-texnologiya institutida Davlat ta’lim standartlari monitoringini tashkilqilish masalalarini amalga oshirish;
  • institutda ta’limning holati hamda rivojlanishi haqida ma’lumotlar bankini shakllantirish va yangilab borish;
  • institutning boshqarish organlari (vazirlik, rektorat, institut Kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
  • institutda qabul qilingan qaror va buyruqlar ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish;
  • institutda ijrochilik faoliyatini tahlilqilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha uslubiy yordam ko‘rsatish;
  • professor-o‘qituvchilarni yillik ichki attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning faoliyatini baholash usullarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • institutdagi fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘limlari faoliyatini tahlilqilish;
  • institut moddiy-texnika bazasini o‘rganib borish;
  • ayrim aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.