Institutimiz vakillari tomonidan Namangan tumanidagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida targʻibot uchrashuvi oʻtkazildi





Bugun Namangan toʻqimachilik sanoati instituti Talabalar amaliyoti va marketing boʻlimi bosh mutaxassisi H.Mahmudov tomonidan Namangan tumanidagi 30-sonli umumtaʼlim maktabida institut faoliyati va mutaxassislik taʼlim yoʻnalishlari targʻibotiga oid uchrashuv tashkil etildi.


# # # # # # # # #

Uchrashuv davomida H.Mahmudov tomonidan bitiruvchi sinf oʻquvchilariga institutdagi mavjud taʼlim yoʻnalishlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, oʻquv jarayonlarni 4+2 va kredit-modul tizimlari asosida tashkil etilishi, dual taʼlim tizimi asosida taʼlim berish, maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida keng qamrovli tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Uchrashuv soʻngida oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javoblar berildi.

Namangan toʻqimachilik sanoati instituti AXBOROT XIZMATI

NamTSIning ijtimoiy tarmoq sahifalari